Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“YANGIARIQ” HAM OBOD MANZILGA AYLANADI 

 Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilinib, keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtdoshlarimiz avvalroq Oltinsoy tumanining “Hayrondara” qishlog‘idagi ijobiy o‘zgarishlarning guvohi bo‘lishgan edi. Bu yerda aholining 300 yillik orzusi ushalib, tarixiy qishloqqa ichimlik suvi keltirilganligi aholi quvonchiga quvonch qo‘shdi. Xususan, tumanimizning “Yangiariq” mahallasida ham bu kabi tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Oltinsoy tumaniga avvalgi tashriflari davomida 4 ta og‘ir hududdagi mahalla tanlab olinib, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlarni namunali tashkil etish, xususan, tanlab olingan mahallalarda aholi muammolarini hal etish, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilgan edi.

  Jumladan, “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining ko‘p yillik muammolaridan biri bo‘lgan ichimlik suvi masalasini hal etish, 6,3 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurini yotqizish va 524ta xonadonda yashab kelayotgan 2915 nafar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahalla qishloqlarini obod manzilga aylantirish vazifasi qo‘yilgan edi.

Bugungi kunda og‘ir hudud sifatida tanlab olingan “Yangiariq” mahallasi ichki yo‘llarining 3 kilometr qismi ta’mirlanib, toshlandi. Jarayon davomida yana 3 kilometr yo‘llar toshlanishi ko‘zda tutilgan.

   Ayni paytda mahallada Oltinsoy tuman hokimligi tomonidan qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar qizg‘in olib borilmoqda. 

 Hozirgi kunda Termiz shahridagi O‘ktam Xolmirzaev rahbarlik qilayotgan “Turon zamini” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xizmatchilari ichimlik suvi uchun transheyalar qazish va polietilen quvurlar tortish ishlarini jadal olib borishmoqda. Bunda jamiyatningJasur Zoyirov, Ilhom Majidov, Shokir Choriev, O‘tkir Xolmirzaev singari santexniklari hamda traktorchi Xurshid Suyunovlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. Ular quvur yotqizish, quvur yotqizilgan transheyalarni ko‘mish ishlarini sifatli bajarishmoqda.

—Bugunga qadar 3 kilometr masofaga quvur yotqizdik,—deydi jamiyat ish boshqaruvchisi O‘tkir Xolmirzaev.—Texnikalarimiz zamonaviy, ish unumi yuqori. 6,3 kilometr masofaga quvur yotqizish ishlarini qisqa fursatda tugallashga harakat qilayapmiz. Quvur yotqizish uchun transheyalar qazish uchun ham maxsus texnikalarni jalb qilganmiz.

    Bugungi kunda jamiyat ishchi-xizmatchilari amalga oshirayotgan jadal ish sur’ati “Yangiariq”mahallasi aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammosining tez kunlarda hal etilishidan darak berib turibdi.

Shu kunlarda mahallaning “Bo‘yrachi” qishlog‘ida aholi sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida  300 nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mahallada aholini elektr ta’minotiga bo‘lgan talabini qondirishga ham katta e’tibor berilmoqda.

 —Bugungacha mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida eski simyog‘ochlar o‘rniga 25 dona temir-beton tayanchlarini o‘rnatdik,—deydi Oltinsoy tuman elektr ta’minoti korxonasining “Botosh”ustachilik bo‘limi boshlig‘i Boysoat Alimardonov.—Yana 25 dona ana shunday temir-beton stolbalar keltirilib, eskilari o‘rniga qo‘yiladi. Bu ishlarda burg‘ulovchi Xudoyshukur Abdurayimov, Shoymardon Mamatrahimov, Boyniyoz Xo‘jamqulovlarning hissasi salmoqli bo‘lmoqda. 

8 izoh

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?