Oltinsoy tumanidagi Navro‘z mahallasi Qaymoqli qishlog‘ida yangi maktab qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Mana shu 48-sonli maktabining sobiq bitiruvchisi tadbirkor Jamshid Pardaev o‘z mablag‘lari hisobidan yangi maktab qurib berishdek savobli ishga qo‘l urdi.
500 o‘rinli umumiy qiymati 11,7 milliard so‘mlik zamonaviy 2 qavatli bilim maskanini "Kapital ulgurji savdo" MChJ quruvchilari amalga oshiriladi. Mana shunday tantanaga viloyat hokimi U.Qosimov ham tashrif buyurib, avvalombor barchani Oltinsoy tumanining davlatga paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajarganligi uchun samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng tadbirkor mana shunday ezgu ishlarni amalga oshirgan tadbirkor Jamshid Pardaevga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.Mana shu elning xaqiqiy jonkuyari,o‘zi o‘qigan maktabga yangi bino qurib berayotgan tadbirkorning bundan keyingi ishlariga omadlar tiladi.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2025