Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
TARG‘IBOT-TAShVIQOT TADBIRLARI AMALGA OShIRILDI

     Oltinsoy tuman hokimiyat binosida 2023 yil 11 oktabr kuni ishchi guruh a’zosi, TDYuU professori Sh.Jo‘raev, Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi J.Xudoyberdiev, tuman sudining raisi K.Nazarov, Oltinsoy tuman hokimi B.Maxmatraemovlarning ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi.

         Ushbu tadbirda Oltinsoy tumani prokurori, Oltinsoy tumani IIB boshlig‘i, Oltinsoy tumani DSI boshlig‘i, “qizil” hududlardan IIB Probatsiya ro‘yxatida turuvchi shaxslar 33 nafar, MFY raislari, xotin-qizlar va mahalla faollari, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va yoshlar jami 230 nafar, mahalla yoshlar yetakchilari, yuqori natijalarga erishgan sportchilar 5 nafar , “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari 2 nafar, IIB probatsiya ro‘yxatida turuvchi voyaga yetmagan shaxslar 24 nafar,  1 yil mobaynida huquqbuzarlk sodir qilgan voyaga yetmagan jami 21 nafar shaxslar ishtirok etishdi.

         Tadbirda mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari so‘zlari tinglandi.

         Shu kabi, tadbir davomida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Shu bilan birga, muqaddam huquqbuzarlik sodir etgan va tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot eshitildi. Yoshlarlarni bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar va sport mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi, shuningdek, yoshlarga sport sohasida ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha malakali sportchi va ustoz-murabbiylarga biriktirish choralari ko‘rilishi haqida va boshqa masalalar yuzasidan ham fikrlar bildirildi.

         Bundan tashqari, ushbu kuni Oltinsoy tumanida yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot va shaxsiy sayyor qabul o‘tkazildi.

         Ushbu sayyor qabulda 342 nafar yoshlar va 86 nafar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga quymoqchi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.

         Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida davra suhbalari o‘tkazildi va shu bilan birgalikda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri va sayyor qabul tadbiri ommaviy axborot vositalari orqali kengroq yoritish choralari ko‘rildi 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
13 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?