Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
G'oliblar tantanali kutib olindi

Oltinsoy tumanida so'ngi vaqtlarda sport va madaniyat sohasiga katta e'tibor berilib kelinmoqda. Ana shunday ishlar samarasida tumanimiz sportchilari viloyat hamda respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etishib, zafar quchishib qaytishmoqda.


Bugun ham gimnastikachilarimiz nufuzli musobaqa "Gimnastrada barcha uchun" Prezident kubogi musobaqalaridan 1 va 2-o'rinlarni egallashib qaytishdi. Kutib olish marosimida tuman hokimligi, jamoatchilik hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Ko'zlarida, yuzlarida quvonch va faxr tuyg'usi barchada aks etib turgan marosim juda hayajonlarga boy bo'ldi.
- Bugungi sizlarning g'alabangiz tumanimiz yoshlarining sportga va vatanga bo'lgan muhabbatini oshiradi-dedi tuman hokimi o'rinbosari X Qosimov-Sizlarning ushbu muvafaqqiyatingiz kelgusi g'alabaringizning debochasidir.


-Sportga oshno bo'lish, yoshlarga o'rnak bo'lishda bizning onaxonlarimizga yetadigani yo'q, 70-80 ga kirgani ham Respublikada sportda chempion bo'lib qaytishmoqda,-dedi tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M Xidirova-Biz ishlarimizda onaxonlarmizga tayanamiz, chunki ular hamisha bizga ko'makchi bo'lib kelishgan.
Onaxonlarimizdan iborat "Hur qizlar" jamoasi respublikada 1-o'rinni Prezident kubogi 45+ musobaqasida, 12-14 yoshli yosh gimnastikachilarimiz Prezident kubogida 1-o'rin, chempionat bahslarida esa faxrli 2-o'rinni egallab qaytishdi!

Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: Facebook (https://www.facebook.com/Urolbek6674/) || Telegram (https://t.me/matbuotuzbek) || instagram (https://www.instagram.com/oltinsoy2020au/channel/) || YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZn78WA9vwQfcMBm5Jnuw7w) || Twitter (https://twitter.com/oltin2020au)

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
11 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?