Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
“BO'Sh ISh O'RINLARI MEHNAT YaRMARKASI”

Bugun, 3 fevralь kuni tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida oliy o'quv yurtining bitiruvchilari hamda tumanda ishsiz yurgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish uchun «Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi» o'tkazildi.
Unda tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan fuqarolarga bo'sh ish o'rinlari taklif etildi.
Mehnat yarmarkasi davomida ish izlayotgan yoshlarning ariza va murojaatlari belgilangan tartibda qayd etilib, ro'yxatga olindi.
Yarmarka o'tkazilayotgan joy ertalabdan odamlar bilan gavjum bo'ldi. Kelganlar maktab hovlisida o'rnatilgan ko'rgazmali vositalar, e'lonlar taxtalari orqali bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumot olishdi. Shuningdek, ularga xizmat ko'rsatayotgan mutaxassislardan turli savollarga javob olish imkoniga ega bo'lishdi.
Tuman Kambag'allikni qisqartish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tashabbusi bilan o'tkazilgan “Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi”da tuman hududida faoliyat yuritayotgan 72 ta korxona, tashkilot va muassasalar 250 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.
Tadbir doirasida, shuningdek, Germaniya, Koreya va boshqa xorijiy davlatlarga borib ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun ham o'qish, sertifikat olish borasida zarur tushunchalar berildi.
O.SODIQOV.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
10 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?