Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Haqorat qilganlik uchun javobgarlik.
Qonunlar / 2023-04-25

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 41-modda. Haqorat qilish

Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik shaxs javobgarlika tortilganidan so‘ng bir yil davomida qayta sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi Haqorat qilish

, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi bilan jazolashga sabab bo‘ladi.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish bilan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab bo‘ladi.

Haqorat qilish:

  1. a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
  2. b) xavfli residivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolashga sabab bo‘ladi.

Birgina jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi tomonidan 2022 yil davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 41-modda. Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan 208 ta shaxsga nisbatan 144 ta ma’muriy ish mazmunan ko‘rib chiqildi.   

Shulardan 48 ta shaxsga nisbatan 40 ish bo‘yicha har bir huquqbuzarga jarima jazosi tayinlangan bo‘lsa qolgan 160 ta shaxsga nisbatan 104 ish bo‘yicha tomonlarning yarashganligi bo‘yicha ishlar tugatilgan.

2022 yil davomida tumanda 41-modda. Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan shaxslarga jami 70.050.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Shundan ma’muriy huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy to‘langan jarima summasi 54.000.000 so‘mni tashkil etsa 16.050.000 so‘m jarimalar majburiy ijro byurosi bo‘limlari tomonidan undirilgan.  

 

 

                              Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy

                                              tuman sudining sudya yordamchisi

                                              N.Soatov

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?