Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Jinoyat jazosiz qolmaydi
Qonunlar / 2023-05-16

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining ajrimiga ko‘ra, X.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash haqidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Ish holatiga ko‘ra, X.M ilgari xam bir necha o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan va tayinlangan jazolarni tegishli tartibda o‘tab chiqqan bo‘lsa-da, 2021 yil 3 dekabr kuni o‘zganing mulkini o‘g‘irlash maqsadida, Uzun tumanida joylashgan masjid oldiga borib, shu yerda turgan Uzun tumanida yashovchi N.Bga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaning haydovchi tomondagi oldi eshigi qulfini o‘zi bilan birga olib yurgan qaychi bilan buzib ochib, avtomashina bardachogida bo‘lgan 15.180.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Sudlanuvchi sudda jinoyatni o‘zini boshqaraolmagan holatda sodir qilgani haqida vajlar keltirsa-da, uning vajlari uni jazodan qutulib qolishiga yordam bermadi.
Shunday ekan, o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish, jumladan o‘g‘irlik qilish uchun qonunlarimizda javobgarlik muqarrar ekanligini doimo yodda saqlash zarur.


Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlov hay’ati sudyasi M.Malikov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
1%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 710 ovoz berildi.