Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda prokurorning ishtiroki
Qonunlar / 2023-06-24

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining
409-moddasida sud muhokamasida prokurorning ishtirok etish asoslari belgilab berilgan. Unda ko‘rsatilishicha, «Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi. Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo to‘rini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar hususida o‘z fikrini bildiradi».

  Prokuratura to‘g‘risidagi qonunining (yangi tahriri) 33-moddasida sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtirok etishi shart qilib qo‘yilgan.Unda ko‘rsatilishicha, «Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.

  Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.

  Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi hususida o‘z fikrini bildiradi.

  Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.

  Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart».

Sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rishda prokuror vakolatlari.

Jinoyat protsessual qonunchiligi va Prokuratura to‘g‘risidagi qonun talablaridan kelib chiqib, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokurorlar quyidagi vakolatlarga egadirlar:

  • Sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qabul qilingan qarorlarni qonuniyligini ko‘rib chiqadi;
  • Sudda jinoyat ishini ko‘rilishida qatnashar ekan, davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etadi;
  • Sud muhokamasi mobaynida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z hulosasini beradi;
  • Davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish talab qilingan hollarda da’vo arizalari bilan sudga murojaat qiladi va ularni sudda quvvatlaydi;
  • g‘ayriqonuniy va asossiz sud hukmlari, ajrimlari va qarorlariga nisbatan protest kiritadi;
  • Protestlar va shikoyatlar asosida barcha instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida hulosalar beradi;
  • Sudlarni hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini tekshiradi;
  • Sudlarni hukmlari, ajrimlari va qarorlarini o‘z vaqtida va qonuniy ravishda ijro etilishini nazorat qiladi;

 Zarur hollarda,  sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qonun bilan belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi uchun hamda yangi ochilgan holatlarda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlarini tiklash uchun kerakli choralarni ko‘radi.

Jinoyat ishlarini barcha instansiyalarda sudlar tomonidan  ko‘rilishi mobaynida yo‘l qo‘yilgan  hatolarni prokurorlar tomonidan turli uslublar bilan aniqlanishi mumkin:

  • Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarni qonuniyligi va asoslanganligini qonun bilan belgilangan
    10 kunlik apellyatsiya muddatida ko‘rib, tekshirib chiqish;
  • Prokurorlar tomonidan barcha instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida ishtirok etish;
  • Hukmlarni ijroga qaratilishini qonuniyligini va ijroga qaratish muddatiga qanday amal qilinayotganligini tekshirish hamda hukmlarni ijro etishda ishtirok etishning umumiy tartib va qoidalari bo‘yicha qonun talablarini bajarilayotganligini tekshirish;
  • Jinoyat ishlari yuzasidan yoxud alohida bir toifa jinoyat ishlari yuzasidan ma’lum bir vaqt oralig‘i bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish.

 

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudya katta yordamchisi F.Mirzaqulov

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 32 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?