Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi   mazmun-mohiyati.
Qonunlar / 2023-07-24

         Xususan, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar tomonidan hukm hamda qarorlarni qabul qilishda yangi konstitutsiya qoidalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilmoqda. Bu borada 2023 yil 23 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi qarori ham qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 29-moddasida “Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi” deya ta’kidlangan. 

Ta’kidlaganimizdek, Bosh qomusimizning yangi tahriri nafaqat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, balki fuqarolik ishlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarning adolat mezonlariga mosligida ham asosiy omil bo‘layotir. 

Yangi Konstitutsiyamizning 20-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir. Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. 

Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi” deya qayd etilgan.

Umuman olganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiya adolatli sud hukmlari va qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.

 

 

 

 Jinoyat ishlari bo‘yicha

 Oltinsoy tuman sudining raisi                                                 K.Nazarov

 

 

 

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 9 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?