Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Qasddan va ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etish
Qonunlar / 2023-08-02

Jinoyatlarni tafsiflashda, eng avvalo, jinoyaning motiv va maqsadi, aybdor shaxsning harakatlari, ayb sodir etilguncha va undan so‘ng uning ongli ruhiyatiga e’tibor qaratish lozim.
Ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat huquqi normalarida ayb shakllarini o‘z ichiga oladi. Bunda aybning ikki xil shaklini uchratishimiz mumkin. Jinoyat qonuni normalarida aybning qasd va ehtiyotsizlik kabi shakllari mavjud.
Qasddan sodir etilgan jinoyatlar – bu Jinoyat huquqi normalari bo‘yicha jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat hisoblanadi.
Qasdni to‘g‘ri belgilash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, aybning shaklini to‘g‘ri belgilash, adolatli jazo tayinlash, javobgarlikni pog‘onalashtirishga imkon beradi.
Masalan, O‘.X 2022 yil 19 sentyabr kuni soat 09:00 larda “J.R” fermer xo‘jaligi yaylov yer maydonida otasi T.A. bilan chorva mollarini boqib yurgan vaqtida ushbu fermer xo‘jaligi rahbari J.M. va akasi J.Sh. yer maydoniga kelib, T.A.ga nima sababdan ularga tegishli yaylov yer maydonida chorva mollarini boqib yurishganligiga aniqlik kiritish maqsadida gapirishib, o‘zaro tortishib boshlashgan vaqtida fuqaro O‘.X. o‘zi bilan olib yurgan MTS 2112-12x1 rusumli, №-4660 raqamli ov qurolidan J.M. ga qarata bir marotaba va J.Sh.ning ko‘krak qafasiga bir marotaba o‘q uzib, voqea joyidan ketib qoladi. Natijada, J.Sh. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etadi. Sud hukmi bilan O‘.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi va JKning 25,97-moddasi
2-qismi “a” bandi bilan uzil-kesil 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ehtiyotsizlikdan orqasida sodir etilgan jinoyat bu - o‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat hisoblandi.
Shuningdek, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik faqat jinoyat qonunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollardagi kelib chiqadi.
Bunda avvalo, shaxs jinoyatni sodir etishga moyilligi o‘ziga ishonish yoki beparvoligi natijasida sodir etilishi mumkin. Biroq, tergov va sud amaliyotida qasddan va ehtiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda ayrim kamchiliklar mavjud.
Misol uchun, fuqaro J.Q. 2022 yil 4 yanvar kuni soat tungi 03:00larda Qumqo‘rg‘on tumani, “Jiydali” mahallasida yashovchi fuqaro X.B.ning yashash uyiga borib, unga o‘rtalaridagi oilaviy nizo yuzasidan gaplashib olishini aytib, yashash uyi oldidan o‘tgan ichki ko‘chaga chiqqanidan so‘ng esa, u bilan o‘zaro janjallashib, mazkur janjal vaqtida J.Q. B.X.ni qo‘llari bilan urib, itarib, siltab-tortqilab yiqitib, unga tan jarohati yetkazgan. B.X. 2022 yil 8 yanvar kuni soat 21:00da Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Tergov organi tomonidan J.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayb e’lon qilinib, tuman sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishini yubordadi. Biroq tuman sudining 2022 yil
14 iyuldagi hukmiga ko‘ra, J.Q. O‘zbekiston Respublikasi JKning
104-moddasi 3-qismi “d” 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Taraflar tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish asosida Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 10 may kunidagi ajrimi bilan J.Q.ning jinoiy harakati O‘zbekiston Respublikasi JKning
104-moddasi 3-qismi “d” bandidan O‘zbekiston Respublikasi JKning
102-moddasi 1-qismi (Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish)ga qayta kvalifikatsiya qilinib, unga shu modda bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jinoyatlarni qasddan va ehtyotsizlikdan sodir etilgan kabi turkumlarga bo‘lishda, avvalo, aybning darajasi, ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati, uning motiv va maqsadi va boshqa holatlarni inobatga olib, qonun normalarini to‘g‘ri talqin qilish lozim.

 

 

 

Surxondaryo viloyat sudi
jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlov hay’ati
sudya katta yordamchisi B.B.Normurodov

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?