Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Konstitutsiya –vatan va xalq taraqqiyoti kafolati
Qonunlar / 2023-11-27

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi 2023 yilning 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish yo‘li orqali qabul qilindi hamda 2023 yilning 1 may kunidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Konstitutsiyamiz normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi yozib qo‘yilgan.  

Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir. Uni bilib amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kalitidir. Asosiy qonunimizda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlari, inson huquq va erkinliklari kafolati to‘g‘risidagi normalar mustahkamlangan jamiyatda inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligini kafolatlab kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida “inson qadri”ning yuksalishi, davlat va jamiyat hayotini “inson-jamiyat-davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini berdi. Demokratik jamiyatda qabul qilinayotgan qonunlar, adolatli bo‘lishi va o‘zida xalq manfaatlarini ifoda etishi lozim. Mana shunday qonunlarga og‘ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi.

Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasi rivojlangan, demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va jahon konstitutsiyaviy amaliyotiga tayangan holda yaratilgan. Bizning bosh qomusimiz, konstitutsiyamiz Birlashgan millatlar tashkiloti xujjatlariga, xalqaro huquqning umume’tirof etgan qoidalariga to‘la asoslangan konstitutsiyadir. Konstitutsiyamizning har bir bob va moddasida bir qator huquqiy normalar mustahkamlangan, bu normalarda bizning kundalik yurish-turishimizdan tortib, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarimiz, erkinliklarimiz, burchlarimiz, davlat boshqaruvi va nazorat idoralari, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlik masalalari o‘z aksini topgan. Bugun demokratik davlat, adolatli jamiyat qurishda, barcha salohiyatimizni ishga solishimizda, iqtisodiyotimizni rivojlantirishimizda va ma’naviyatimizni yuksaltirishda, Vatanamizni obod qilishda, tinch va farovon hayot sharoitining yaratilishida, xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchanlik faoliyatining namoyon bo‘lishida asosiy qonunimiz, bosh qomusimiz Konstitutsiyamizning o‘rni beqiyosdir.

Qonunga bo‘ysunish bozor munosabatlariga o‘tishning barcha amal qilishi kerak bo‘lgan eng muhim prinsiplaridan biridir. Huquqiy davlatning o‘ziga hos hususiyati ham shundan iboratdir. Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bosh qomusimizda iqtisodiy faoliyatning, tadbirkorlik va mehnatning davlat tomonidan kafolatlangan erkinligi, mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligi  va huquqiy himoyalanganligi alohida belgilab qo‘yilgan.

Shuni alohida ta’kidlashishimiz lozimki, O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi halqimiz huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir.  

 

 

Oltinsoy tumani Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i I.Ibragimov.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?