Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Konstitutsiya – bosh qomusimiz!
Qonunlar / 2023-11-29
Konstitutsiya (lot. Consitutio –tuzilish, tuzuk) – davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya bu bizning faxr va iftixorimizdir. Konstitutsiya bu har bir davlatning asosiy ramzlaridan bo'lib, uning jahon davlatlari o'rtasida qadr-qimmatini bildiradi. Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni o'rganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an'analardan kelib chiqib jahon andozalariga mos bo'lib, xalqaro talablarga javob beradigan  Mustaqil O'zbekistonimizning bosh qomusi,  yurtimiz istiqlolga erishgach, yangi mustaqil davlat maqomini qonuniy jihatdan mustahkamlash zarurati tug'ilgach, 1992 yilning 8 dekabrida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimizning bosh qomusi bo'lib, respublikamizda qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari Konstitutsiya asosida shakllantiriladi va  hayotga tadbiq etiladi. 
Diyorimiz mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol haqidagi azaliy orzu-umidlarimiz amalga oshdi. Natijada asriy qadriyatlarimiz tiklandi va rivojlanib bormoqda. Madaniyatimiz, dinimiz o'zining tabiiy-tarixiy, milliy, diniy asoslariga qaytmoqda. Ayniqsa ma'naviy merosni o'rganish, ajdodlarimiz qoldirib ketgan turli sohalardagi asarlarni ommalashtirish, ona tili va dinimiz rivojlanishi uchun sharoit yaratildi.  
Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo'lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ushbu maqsadlarning barchasiga muvofiq, uyg'un va hamohangdir. O'zbekistonning Asosiy Qonuni ushbu muhim vazifalarni hayotga tatbiq etishda mustahkam asos bo'lib xizmat qilayotir. Unda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qiymati, diniy e'tiqodi va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligi belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyamizda jinsi, millati, dini, irqi, yoshi, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, barcha fuqarolar teng huquqli deb e'lon qilingan bo'lib, unda inson huquqlari va e'tiqod erkinligini kamsitadigan birorta ham modda yo'qdir. 
Asosiy qomusimiz hatto insoniyatni qamrab olgan ona tabiat, yer osti va yer usti tabiiy boyliklarigacha qonun himoyasida ekanligi, hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o'zlarining Konstitutsiyasiga ega bo'lmagan bir paytda, milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan Konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi baxtimiz albatta. Asosiy qonunimizda demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatining qiyofasi, o'ziga xos belgi va xususiyatlari  o'z ifodasini topgan.
Bugun yurtimizda keng qamrovli xalqchil islohotlar kechmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan barcha sa'y-harakatlarning asl mohiyati har bir O'zbekiston fuqarosining hayotdan rozi bo'lib yashashiga qaratilgan. Mamlakatimizda inson qadr-qimmati va sha'ni yuksak darajaga ko'tarilgan. Vatanimizda yashovchi barcha fuqarolar ushbu Qomusda belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklardan keng va to'liq foydalanmoqdalar. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yilning 1 may kunidan kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiya 30 aprel kuni bo'lib o'tgan referendum natijasiga ko'ra qabul qilindi. 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga jami 15 marta o'zgartirish kiritilgan. Yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 ta bo'lim, 27 ta bob va 155 ta moddadan iborat. Bu konstitutsiyasi xalqimizning orzu-istaklarini jamlanmasi bo'ldi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yurtimizning bosh qomusi- Konstitutsiyamizni o'rganishga hamda o'z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga, uning davlatimiz siyosatida muhim o'rin tutishini anglashga va o'rganishga har bir fuqaro uchun suv va havodek zarur hisoblanadi.
 
 
Oltinsoy tuman FHDYo bo'limi mudirasi:     D.Turopova

3 izoh

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?