Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Oilaviy zo'ravonlik kabi jinoyatlarning ahamiyati.
Qonunlar / 2024-02-02
Oilaviy zo'ravonlik bu kishining ikkinchi shaxsga nisbatan oilaviy munosabatlarda o'tkazib kelgan ruhiy va jismoniy tazyiqlari tushuniladi. Bu zo'rlik ishlatish mulk, ta'lim olish, sog'liqni saqlash va mehnatga oid shaklda ham bo'lishi mumkin.
Mamlaktimizda oilaviy zo'rovonlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lib, unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasida “Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta'lim olish, sog'liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to'sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog'lig'ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo'rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo'yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu MJtKda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo'lmasa, oilaviy zo'ravonlik deb tushuniladi.
Sudlanuvchi S.J.Sh, 2023 yil 20 may kuni soat 20:00larda o'zining yashash uyida turmush o'rtog'i Y.Sh.G'. bilan o'zaro torishib qolib, jahl ustida oyog'i bilan uning qorin sohasiga tepib, unga hayoti uchun og'ir tan jarohati yetkazgan, natijada Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilgan, ammo tibbiy muolajaga qaramasdan Sh.Yu kasalxonada vafot etgan.
2023 yil 1 noyabrь kuni jinoyat ishlari bo'yicha Sho'rchi tuman sudi hukmi bilan sudlanuvchi S.J.Sh.ga O'zbekiston Respublikasi JKning 1261-moddasi 8-qismi “g” bandi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, JKning 60,61-moddalari tartibida uzil-kesil 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sudlanuvchi J.S. tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati 
2024 yil 3 yanvarь kuni Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasida mazmunan ko'rilib, birinchi bosqich sud hukmini o'zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim qildi. 
Birinchi bosqich sudi jazo tayinlashda, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida”gi 1-sonli qarorining 3-bandida “Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko'ra, jazo adolatli bo'lishi - har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo'lishi kerak” deb tushuntirish berilganiga aloxida e'tibor bergan.
Birinchi bosqich sudi sudlanuvchi J.S.ning jinoiy harakatini to'g'ri kvalifikatsiya qilib, unga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda, yuqoridagi qonun talablari  va plenum qaroridagi tushuntirishlariga amal qilgan holda ishdagi yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni, sudlanuvchining shaxsini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jabrlanuvchining qonuniy vakilining da'vosi borligini e'tiborga olib, sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq me'yorda jazo tayinlab, qonuniy, adolatli va asosli to'xtamga kelgan.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, jamiyatimizda oilaviy zo'ravonlik, uning illatlarini kamaytirishda qonun ustuvorligini ta'minlash muhim sanaladi. Zero, Konstituttsiyamizning 26-moddasida “Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas” deb har bir shaxsning shaxsiy huquq va erkinliklari qonun bilan himoyalangan.
 
 
 
 
 
Surxondaryo viloyat sudi 
sudьya katta yordamchisi B.Normurodov

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
29 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?