Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Tovlamachilik
Qonunlar / 2024-03-02
Tovlamachilik mulkka qarshi g'arazli jinoyatlardan biri hi-soblanadi. Tovlamachilikning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki mulkchilik manfaatlarining mustaqil shakli sifatida namoyon bo'luvchi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo'lib o'tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabatlarga ham tajovuz qilishidan iborat. Tovlamachilik ko'p ob'ektli jinoyat ham hisoblanadi. Chunki uning sodir etilishida nafaqat mulkchilik huquqiga, boshqa shaxslarning ashyoviy huquqlariga, balki hayotga, sog'liqqa, sha'nga, qadr-qimmatga va boshqalarga zarar yetkazish xavfi ham mavjud.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasida “Tovlamachilik – bu jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo'q qilish, o'zgartirish, egallab olish yoki to'sib qo'yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'zining mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yuvchi” jinoyat hisoblanishi ko'rsatilgan.
Ob'ektiv tomondan tovlamachilik aybdorning mulkdordan bila turib, g'ayriqonuniy ravishda o'ziga yoki u ko'rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo'lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi va u o'z talablarini zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish bilan qo'rqitish, ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitish, jabrlanuvchini mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoit yaratish kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
Sudlanuvchi A.M. o'zganing mulkini tovlamachilik yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, turmush o'rtog'i N.M. bilan oldindan o'zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Qumqo'rg'on tumani, Mustaqillik mahallasida yashovchi fuqaro M.T.dan uning N.M. bilan ishqiy munosabatda bo'lib yurganligini ovoza qilmaslik, ustidan davlat organlariga ariza bilan murojaat qilmaslik evaziga undan 60.000.000 so'm miqdoridagi pullarni talab qilib, shu pullardan 3800 AQSh dollari va 2.300.000 so'm pullarni 2023 yil 28 iyulь kuni Qumqo'rg'on tumani, Yangishahar mahallasi hududida olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudining 2023 yil 
18 dekabrь kunidagi hukmi bilan M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 
Sudlanuvchi va uning advokati tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati kuni Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasi tomonidan ko'rilib, birinchi bosqich sud hukmi o'zgarishsiz, keltirilgan shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
 
 
Surxondaryo viloyat sudi 
sudьya katta yordamchisi B.Normurodov
 

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?