Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Sud-huquq tizimidagi islohotlar yangi bosqichga chiqdi.
Yurtimizda oxirgi yillarda sud-huquq sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilyapti, olib borilgan ushbu islohotlar sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlabgina qolmasdan, fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yangi bosqichga olib chiqish imkonini berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 2023 yil 16 yanvardagi PF-11-sonli Farmoniga asosan 2023 – 2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ishlab chiqildi, unga muvofiq quyidagilar, ya'ni:
– “Inson qadri uchun” g'oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo'naltirish;
– adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudьyalar siymosida o'zining ishonchli himoyachisini ko'rishiga erishish;
– fuqarolar hamda tadbirkorlarga o'z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta'minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
– sudlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma'lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
– sudьyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo'yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
– sud qarorlarining qat'iy ijrosini ta'minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas'uliyatini oshirish;
– sudьyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg'otish odil sudlovni ta'minlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi.
Shu bilan birga  2023 – 2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo'yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi.
 
Surxondaryo viloyat sudi 
jinoyat ishlari bo'yicha 
sudlov hay'ati sudьyasi
           Ergashev Otabek Akbutayevich

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
8 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
2%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Jami: 717 ovoz berildi.