Oltinsoy tumani hokimi Djumaev Alisher Turabovichning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
tuman aholisiga
MUROJAATI
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli oltinsoyliklar!
Yurtimizda har bir sohada olib borilayotgan islohotlar zamirida inson qadri yotadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi ana shunday islohot odimlaridan biri ekanligini barchamiz ko‘rib turibmiz.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan yurtimizda qanot yoygan “Yashil makon” umummilliy harakatiga oltinsoyliklar birinchilardan bo‘lib qo‘shildilar.
Ushbu harakat doirasida Oltinsoy tumanida 1,2 million tup mevali va manzarali daraxtlar va butalarni ekishni reja qilib belgiladik.
Tumandagi katta yo‘llar atrofiga, bog‘dorchilik xo‘jaliklariga, fermerlarning dala chetlariga, tashkilot va korxonalar, maktablar, bog‘chalar hovlisiga ekiladigan ko‘chatlarni qat’iy hisob-kitob kilib oldik.
Tumanimizda 184 ming aholi bo‘lsa, har bir oila jon boshiga 10 tupdan mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari, kalamchalarini ekib, ko‘chatzor va bog‘lar barpo qilish, butalar ekib, yashil maydonlar hosil kilish bo‘yicha katta tashabbus boshlandi.
2021 yil oxiriga qadar tumanda 1 million tup daraxt ko‘chatlarini ekdik. Yil oxirigacha bu boradagi rejani 100 foizga bajarishni niyat qilib turibmiz.
Bunda tumandagi barcha tashkilot rahbarlari, fukarolar, tuman faollari, qishloq xo‘jaligi xodimlariga suyanamiz va ishonamizki ular bizga yaqindan ko‘makchi bo‘ladilar.
Hurmatli oltinsoyliklar!
Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Farzand tug‘ilganda daraxt ekish, hovlida bog‘ barpo qilish, ularda egalik hissini uyg‘otadi.
Biz joylarda aholi vakillari bilan muloqotlar, uchrashuvlar chog‘ida ko‘chat ekib, bog‘ yarating, kelajak avlodlarga namuna ko‘rsating, deb targ‘ib qilayapmiz. Xalqimiz bizning chaqirig‘imizga labbay deb javob berayapti.
Oltinsoy tumanida bu yilgi bahor mavsumida 667 ming 100 dona mevali va manzarali daraxtlar ko‘chati ekiladi. Ekologik hududni yaxshilash uchun tuman hududida 3,3 gektar maydonda 2 ta “Yashil bog‘”lar va 7,6 gektar maydonda 2 ta “Jamoat parklari” tashkil etiladi.
Yashil makonni barpo etish — bugungi globallashib borayotgan davrda kanchalik dolzarb ekanligini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz.
Shunday ekan bu ezgu tashabbusga qo‘shilib, xalqimizning ekologik toza musaffo havodan nafas olishiga zamin yarataylik.
Qadrli mahalla faollari, tumanimiz fidoyilari va aziz yoshlar!
Kuni kecha, 2022 yil 2 fevral kuni muxtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon”ni doirasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirish borasida dolzarb vazifalar qo‘ydilar.
Xalqimiz uchun yashil makon yaratish, ekilgan nihollarni asrab-avaylash, parvarishlash, sug‘orish, oziqlantirish, chorva mollarining payxonlaridan saqlash masalalari birinchi galdagi vazifa etib belgilandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, yangidan yangi ko‘chatlar ekish va ularni parvarishlashda barchamiz faol ishtirok etaylik.
Bog‘ yaratib birgalikda ona yurtimizni obod qilaylik!
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2024