Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
INNOVATSION MAVZUDA MATBUOT ANJUMANI
Rahbar chiqishlari / 2022-10-31

Bugun, 31 oktabr kuni  Oltinsoy tuman hokimligi majlislar zalida  Oltinsoy tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari O‘rol Abdurasulov tomonidan “Oltinsoy innovatsion tumanida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar”  mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.  Anjumanda  tumanda ijod qilayotgan jurnalistlar hamda tuman hokimligi muassisligidagi “Xalq va hayot” gazetasi  ijodiy jamoasi ishtirok etdi.

Dastlab matbuot anjumani ishtirokchilari Oltinsoy tumani  hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  Isroil Yusupovning  tumanda 2022 yil davomida amalga oshirilgan innovatsion loyihalar haqidagi ma’ruzasini tinglashdi.

Ma’urzadan so‘ng   I.Yusupov  “Xalq va hayot”  gazetasi Bosh muharriri Normurod Temirov,   gazeta bo‘lim mudiri Abdug‘affor Odinaev,  fotojurnalist Odiljon Sodiqov, jurnalist To‘ramurod Rahmonovlar tomonidan berilgan savollarga  javob berdi.

Xususan,  jurnalistlar  yil davomida amalga oshirilgan innovatsion loyihalar haqida so‘rashganida I.Yusupov quyidagicha javob berdi:

— Oltinsoy innovatsion tumanimizda ham Prezidentimizning 2021 yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 30-sonli yig‘ilish bayoniga asosan umumiy qiymati 13,6 mlrd.so‘mlik shundan, vazirlik hisobidan 9,6 mlrd. so‘mlik 10 ta (qiymati 7,3 mlrd. so‘mlik 7 ta tijoratlashtirishga tayyorlash, qiymati 1,3 mlrd. so‘mlik 2 ta startap va qiymati 984 mln. so‘mlik 1 ta biznes inkubator) loyihalari amalga oshirilmoqda. so‘mlik 1 ta biznes inkubator) loyihalari amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida bugungi kunda

115 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, bioparchalanuvchan gidrogellar, kaliforniya chuvalchangidan farmasevtika uchun zardob olish, oltingugurt asosida avtomobil yo‘llari uchun yo‘l bo‘yoqlari va bazalt minerali asosida mexanik mustahkam kompaundlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi hamda tomchilatib sug‘orish orqali 15 gektardan iborat pekan yong‘og‘i plantatsiyalari barpo etildi.

Bundan tashqari, startap loyihasi doirasida “Kross agidel 34” nomli o‘rdagi uchun 500 mln. so‘m mablag‘lar ajratilgan. Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston avtonom Respublikasidan 5000 dona tuxumlar olib kelinib, o‘rdak jo‘jalari ochib chiqarildi. Hozirda o‘rdaklar tuxum qo‘yishni boshlagan va loyiha doirasida tumandagi

119 ta xonadonga 5 tadan 50 tagacha jami, 1500 ga yaqin o‘rdaklar viloyat hududiy boshqarmasi va Oltinsoy tumani hokimligi hamkorligida kooperatsiya yo‘nalishida tarqatib berildi.

  Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

qo'shimcha https://telegra.ph/INNOVATSION-MAVZUDA-MATBUOT-ANJUMANI-10-31

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Xizmatlar