Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Yurtimizda kichik biznes sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Rahbar chiqishlari / 2024-01-30

Bugungi kunda respublikamizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rib kelinayapti. Mamlakatmizda tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy himoyasini ta’minlash borasida barcha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlar yaratilmoqda. Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish, mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yilning 20 yanvaridagi “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlarni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish, yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan. Ushbu qarorga asosan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi amalga oshiriladi. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tayanch bank etib belgilandi. Dasturda ishtirok etish, undagi vositalardan foydalanish, banklar tomonidan soddalashtirilgan tartibda qaror qabul qilish, kredit shartnomalarini rasmiylashtirish, loyihani monitoring qilish Biznes portal (https://biznes-portal.uz/) orqali amalga oshiriladi. Mikrokreditbank va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi birgalikda “Kasanachilar maktabi”ni tashkil etilishi belgilangan.

Tadbirkorlar tomonidan mazkur dasturda ishtirok etish uchun ular kamida 1 yil uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan YaTTlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilganlar, hunarmandlar, kasanachilar, shuningdek, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari va nodavlat ta’lim tashkilotlari hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.

Shuningdek, kichik biznes sub’ektlari quyidagi ko‘rinishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing beriladi. Bunda 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi. So‘ngi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 500 mln. so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 5 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan istiqbolli loyihalariga asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 1 mlrd. so‘mgacha kreditlar ajratiladi.  Shu bilan birga, 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan istiqbolli loyihalariga asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 1,5 mlrd. so‘mgacha kreditlar ajratiladi.  Qolaversa, 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan istiqbolli loyihalariga asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 1,5 mlrd. so‘mgacha lizing xizmatlari ko‘rsatiladi. Qarorda keltirilishicha  24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan istiqbolli loyihalariga asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oylik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 1,5 mlrd. so‘mgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga beriladi.  Eng muhimi, 24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan istiqbolli loyihalariga bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib ishtirok etishi nazarda tutilgan. Innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish nazarda tutilgan. Bugungi kunda Respublikamiz hukumati tomonidan kichik biznesni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor tufayli bu soha yildan yilga rivojlanib bormoqda. Mubolag‘asiz, iqtisodiyotning haqiqiy lokomotiviga aylanmoqda. Aslini olganda, kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi faol va samarali raqobat muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, iste’mol sektorini kengaytirish orqali talabni rag‘batlantirish, iste’mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, byudjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Oltinsoy tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i J.Ishniyazov 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
19 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?