Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
TOG'AY MUROD TAVALLUDINING 76 YILLIGIGA BAG'IShLANDI
Tadbirlar rejasi / 2024-02-03

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir

Bugun, 3 fevralь kuni Oltinsoy tumanidagi “Tog'ay Murod mahalla markazi”da yozuvchi tavalludining 76 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Unda Oltinsoy tumani hokimi o'rinbosari Xayrulla Qosimov, tuman nuroniylar Kengashi raisi Yusufxon Hakimov, “Xalq va hayot” gazetasi Bosh muharriri Normurod Temirov, adibning qavm-qarindoshlari, hamqishloqlari ishtirok etdilar.


Dastlab rahmatli adibimiz Tog'ay Murod xotirasiga Sa'd ibn Vaqqos jome' masjidi imom-xatibi Sharifxon Yahyoyev tomonidan Qur'on tilovat qilindi.
Mazkur tadbir Oltinsoy tumani hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirda Tog'ay Murodning safdoshlari, do'stlari, yozuvchi-shoirlar, mehnat faxriylari, ta'lim muassacalari xodimlari va yoshlar qatnashdilar.


Tog'ay Murod asarlaridan parchalar keltirilgan ko'rgazmalar esa yozuvchining sevimli asarlarini tadbir ishtirokchilarining yodiga soldi.
Tadbirni Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi Davron Qushiyev kirish so'zi bilan ochdi va adibning ijodiy faoliyati haqida batafsil to'xtalib o'tdi.
Bayram o'tkazilayotgan zal O'zbekiston xalq yozuvchisi Tog'ay Murod suratlari, asarlari, gullar va sharlar bilan bayramona bilan bezatilgan.


Shundan so'ng so'zga chiqqan 43-maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Umbar Jalilov, Oltinsoy tuman hokimligi Axborot xizmati guruhi rahbari, shoir To'ramurod Rahmonov, adib Asqarali Haybilov va boshqalar Tog'ay Murod haqidagi aziz va unutilmas xotiralari bilan o'rtoqlashdilar.


Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda Tog'ay Murod asarlarining xalqchil g'oyalari, asar tili, voqeiyligi, ularda mustaqillik sog'inchi ifodalanganligi, adib asarlarida ona xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassamligi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Tadbirda 43-maktab jamoasidan Mehriniso Yusupova, To'lqinoy Rahmonqulovalar Tog'ay Murod asarlarining badiiy-g'oyaviy xususiyatlari borasida so'zladilar.
Tog'ay Murod bir paytlar tahsil olgan 43-maktab hamda hududdagi 54-maktab o'quvchilari Tog'ay Murod hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi chiqishlar bilan barchani xushnud qildi.


Ayniqsa, Tog'ay Murod asarlarining bosh g'oyasi bo'lgan milliy urf-odat, qadriyatlarimiz, xalqimizga xos g'urur, oriyatni ifoda etuvchi sahna ko'rinishlari tadbirga o'zgacha fayz kiritdi.
Tadbir yakunida Tog'ay Murod hayoti va ijodi haqida chuqur ma'lumotlar to'plagan hamda uning asarlaridan parchalar yod olgan faol qatnashchilarga “Faxriy Yorliqlar” berildi.
Tuman Madaniyat bo'limi san'atkorlari ishtirokidagi qo'shiqlar, “Qirmizi” folьklor-etnografik ansamblining sho'xchan lapar va raqslari ham adabiyot bayramiga o'zgacha fayz bag'ishladi.

A.ODINAEV,
O.SODIQOV olgan suratlar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
28 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?