Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
25 OKTABR - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Tadbirlar / 2021-10-25

Bugun, 25 oktabr kuni Oltinsoy tumani hokimligi binosida “25 oktabr-O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Bayram tadbirini  Oltinsoy tumani hokimi A. T. Djumaev kirish so‘zi bilan ochib, osoyishtaligimiz himoyachilari bo‘lgan  ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi. Shundan so‘ng  tadbirda ishtirok etayotgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Komiljon G‘afforov so‘zga chiqib, respublika Ichki ishlar Vazirining tabrigini o‘qib berdi.

            Tadbir yakunida namunali xizmat qilayotgan bir guruh fidoyi ichki ishlar bo‘limi xodimlariga Oltinsoy tumani hokimi hamda tuman IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ EL-YURT TINCHLIGI VA OSOYISHTALIGI HIMOYACHILARI!

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?