Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Tadbirlar / 2023-09-15

Tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida quydagi ishlarni amalga oshirdi

Xokim yordamchilari tomonidan 2023 yil yanvar-sentabr oylarida quydagi faoliyat yo‘nalishlarda axoli bandligini ta’minlashda ishlar amalga oshirildi.

133 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilib, 284 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, shundan avgust oyida 16 ta  mahalla fuqarolar yig‘inida 19 ta yuridik shaxslar tashkil etilgan;

489 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari yangidan tashkil etilgan. Shundan, avgust oyida 69 ta YaTT tashkil etilgan. 489 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

2023 yilning 4 sentabr holatiga ko‘ra  54  ta mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchilari tomonidan 4391 nafar fuqarolarning o‘zini-o‘zi band kilingan. Shu jumladan: Sentabr  oyida 249 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan

Oltinsoy tumanida 2023 yilning 15 sentabr holatiga ko‘ra 54 ta mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan40 ta yangi mikro loyixalar amalda ishga tushirilib 106 ta ish o‘rinlari yaratildi

Oltinsoy tumanida 2022-2023 yillarda jami 814 gektarni yer maydonlari 2626 ta lotlarga bo‘linib 2626 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Hozirgi kunda 8 ta mahalla fuqarolar yig‘inida jami auksion savdo maydonchasida turgan lotlar soni 152 ta, 140,22 gektar bo‘lib, jami 152 lotlarga ariza topshirish orqali 152 nafar fuqarolarning bandligi taminlanishi rejalashtirilgan.

Jami dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish hisobiga 5033 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 3969 ta ish o‘rinlari yaratilgan.

Prezidentimizning PQ-55-son qaroriga asosan 62,4 mlrd so‘m kredit resursi ajratilgan shundan xokim yordamchilari tomonidan 36,7 mlr kredit fuqarolarga tavsiyasi berilib kredit ajratilgan. Yil yakuniga qadar 25,7 mlrd kredit mablag‘i ajratiladi. Ushbu ajratilgan kredit mablag‘lari xisobiga xar bir xonadon o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?