Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
DOLZARB MAVZUDAGI BRIFING
Tadbirlar / 2023-09-21

 

 

 

Bugun, 21 sentyabrь kuni Oltinsoy tumani hokimligida tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari tashabbusi bilan “2022-2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024-2025-o'quv yili yakunlariga qadar 100 foizga yetkazish va umumta'lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta'lim maskanlarini oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan to'ldirish ishlarini davom ettirish” mavzusida brifing o'tkazildi.

Brifingda Oltinsoy tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xayrulla Qosimov, Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ishlari bo'limi boshlig'i Zokir Jo'rayevlar tumanda ushbu tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berishdi.

 

 

Bloger va jurnalistlarga sohada amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar borasida axborot bergan tuman hokimi o'rinbosari X.Qosimov, jumladan, shunday dedi:

— 2022 yilda tuman mahalliy byudjeti hisobidan “Oqarbuloq” mahallasida 120 o'rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib, faoliyatini boshlagan edi. 2022 yilda “Qorliq” mahallasida 150 o'rinli, “Ovchi” mahallasida 150 o'rinli, “Hayrondara” mahallasida 150 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda “Jilibuloq” mahallasida 150 o'rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirilishi arafasida turibdi. 2023 yilning yakuniga qadar, “Bo'ston” mahallasida 50 o'rinli “Hurliqo ko'zmunchog'im”, “Xalqobod” MFYda 100 o'rinli “Xalqobod erkatoylari” davlat xususiy-sherikchilik asosidagi nodavlat MTT va ko'plab boshqa oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari ishga tushiriladi.

 

 

Brifingda so'zga chiqqan tuman Maktabgacha va maktab ishlari bo'limi boshlig'i Zokir Jo'rayev esa kichkintoylarga ta'lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilar salohiyatini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida gapirib, buning uchun viloyatdagi oliy ta'lim institutlari va tumandagi Pedagogika kolleji bilan mustahkam aloqalar yo'lga qo'yilganligi, malaka oshirish va seminar-treninglar tashkil etib kelinayotganligi borasida alohida to'xtaldi.

Bo'lib o'tgan brifingda jurnalist T.Rahmonov, blogerlar Sh.Qodirov, M. Turdiyev, N.Abdiyevalardan tushgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Izoh qoldirish

Ro‘yxatdan o‘tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?