Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
SEKTOR RAHBARI QABUL O‘TKAZDI
Tadbirlar / 2021-07-27

SEKTOR RAHBARI QABUL O‘TKAZDI

 

Bugun Oltinsoy tumani prokurori, 2-sektor rahbari T Berdimurodov o‘z sektoridagi mahalla aholisining murojaatlarini tingladi. Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltinsoy tuman Xalq qabulxonasi mudiri X Astanaqulov, tuman hokimi o‘rinbosari M Ochildiev va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Asosiy murojaatlar bandlikni ta’minlash, yo‘l o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti va gaz balonlari bilan ta’minlash bo‘yicha kelib tushgan bo‘lib, 20 ga yaqin arizalar qabul qilindi. O‘z joyida 4 ta murojaatchining arizasi ijobiy hal qilindi.

Jumladan, gaz baloni bilan ta’minlash uchun Besh bola pahlavon mahallasidan Boltaeva Qizlarsora va Shoyimberdieva Uldonalar ehtiyojini bildirib, ijobiy javob olishdi. Gulchechak mahallasidan Xurramov Abror singlisi Moxinurga o‘z tadbirkorligi boshlash uchun 17.0 million kredit so‘rab, Agrobank Oltinsoy tuman filiali tomonida ta’minlash chorasi ko‘rildi. Ish joylarining qisqarishi munosabati bilan bugungi kunda ishsiz qolgan Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro Qo‘shoqov Jo‘rabek Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘z mutaxassisligiga ko‘ra ish berilishi ta’minlandi.

Sektor rahbarlarining qabullari davom etmoqda...

Batafsil: oltinsoy.uz da

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?