Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Mulkdorlar huquqlari yanada mustahkamlandi.

Ushbu Farmonga muvofiq endilikda:

- mulkka bo‘lgan huquqni qaysidir organ tomonidan (prostest asosida ham) oldin qabul qilingan hujjatni bekor qilish mumkin emas. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bo‘lsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin;

- yuridik shaxs tugatilganda, uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Ushbu yerlar tugatilayotgan yuridik shaxs muassislariga o‘tadi;

- yerdan ixtiyoriy voz kechish (ayniqsa fermerlar tomonidan) notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, bunda hokim tomonidan qaror qabul qilish bekor qilinmoqda;

- yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa ko\chmas mulk obektinin mulk qilib berish tartibi yo’lga qo’yilmoqda.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab UZKAD-kadastr va ko’chmas mulklarni ro’yxatdan o’tkazish integratsion axborot tizimi - ko’chmas mulk obektlariga bo’lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko’chmas mulk obektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi sifatida belgilandi.

 

Oltinsoy tuman adliya bo’limi boshlig’i N.Xoliyorov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?