Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
OCHIQ BUDJET PORTALIDA OVOZ BERISH JARAYONLARI YAKUNLANIB, ENG KO‘P OVOZ OLGAN TAKLIFLAR E’LON QILINDI.
Эълонлар / 2021-09-08

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudjet.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 248 ta takliflardan eng ko‘p ovoz to‘plagan 24 ta loyihalar bo‘yicha takliflarni g‘olib deb topildi

 Ovoz berish jarayonida “Ochiq budjet” axborot portalida uchinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, tuman bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan quyidagi takliflar;

  1. Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalini jihozlash uchun 100 000 000 (bir yuz million ) so‘m;
  2. Oltinsoy tuman hokimligiga “Yangi qurilish” mahallasida joylashgan "Tangiz tepa" qishlog‘i fuqarolarini toza ichimlik suvi bilan ta’mirlash uchun 800 000 000 (sakkiz yuz million) so‘m;
  3. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabni joriy ta’mirlash uchun 500 000 000 (besh yuz million) so‘m;
  4. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 26-maktabning hojatxonasi ta’mirlash uchun 72 000 000 (yetmish ikki million) so‘m;
  5. Oltinsoy tuman hokimligiga “Xujaipok” mahalla fuqarolar yig’ini Xovuz qishlog‘i hamda Beshtaxta qishlog‘ini ichimlik suvi bilan ta’minlash 500 000 000 (besh yuz million) so‘m;
  6. Xalq ta’limi bo‘limiga 9-maktabni ta’mirlash uchun 380 000 000 (uch yuz sakson million) so‘m;
  7. Tuman Irrigatsiya bo‘limiga “Chinor” mahallasi hamda “Vaxshivor” mahallasi orqali oqib o’tuvchi (Vaxshivor dara) kanalini ta’mirlash hamda eskirgan temir latoklarni almashtirish uchun 115 000 000 (bir yuz o‘n besh million) so‘m;
  8. Xalq ta’lim bo‘limiga “Barkamol avlod” bolalar maktabini joriy ta’mirlash uchun 300 000 000 (uch yuz million) so‘m;
  9. Oltinsoy tuman hokimligiga Oltinsoy tuman “Xayrandara” mahallasini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 600 000 000 (olti yuz million ) so‘m;
  10. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tumandagi “Ipoq” mahallasi ko’chalariga tungi chiroqlar o‘rnatish uchun 100 000 000 (bir yuz million) so‘m;
  11. Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xayrandara qishloq vrachlik punkiti binosi”ni joriy ta’mirlash uchun 715 000 000 (yetti yuz o‘n besh million) so‘m;
  12. Oltinsoy tuman hokimligiga “Marmin” mahallasi "Chiroqchi" ko’chasini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 100 000 000 (bir yuz million) so‘m;
  13. Oltinsoy tuman hokimligiga “Qoratepa” mahallasining ichki yo’llarini asfaltlash uchun 250 000 000 (ikki yuz ellik million) so‘m;
  14. Oltinsoy tumani Xalq ta’lim bo‘limiga 23-sonli maktabning hojatxonasini ta’mirlash uchun 70 000 000 (yetmish million) so‘m;
  15. Oltinsoy tuman hokimligiga “Madaniyat” mahallasining ichki yo’llarini ta’mirlash uchun 300 000 000 (uch yuz million) so‘m;
  16. Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasiga “Yangi qurilish” mahallasida joylashgan "Bobur" qishloq oilaviy poliklinikasini ta’mirlash va moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun 400 000 000 (to‘rt yuz million) so‘m;
  17. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga 31-sonli maktabni joriy ta’mirlash uchun 80 000 000 (sakson million) so‘m;
  18. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga 16-maktab binosini ta’mirlash uchun 450 000 000 (to‘rt yuz ellik million) so‘m;
  19. Oltinsoy tuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi 12-sonli yig‘ilish bayoni bilan qabul qilingan 5 ta muxim tashabbus bo‘yicha takliflarni amalga oshirish uchun 300 000 000 (uch yuz million) so‘m;
  20. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga 24-sonli maktabni joriy ta’mirlash uchun 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m;
  21. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga 8-sonli maktabni joriy ta’mirlash uchun 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m;
  22. Oltinsoy tuman Xalq ta’limi bo‘limiga 7-sonli maktab hojatxonasini ta’mirlash uchun 63 000 000 (oltmish uch million) so‘m;
  23. Oltinsoy tuman 7-Maktabgacha ta’lim tashkiloti hojatxona binosini va oshxona binosini joriy ta’mirlash va moddiy texnika bazasini mustaxkamlash uchun 180 000 000 (bir yuz sakson million) so‘m;
  24. Tuman Irrigatsiya bo‘limiga “Qorliq” mahallasi Qorliq daryosi o’zanini sel toshqinidan himoyalash uchun 700 000 000 (yetti yuz million) so‘m

G‘olib dep topilgan 24 ta taklif uchun 7 475 000 mln so‘m mablag‘lar ajratildi!

Рўйхатдан ўтиш
8 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фикрингиз?
Aъло
100%
Яхши
19%
Қониқарли
0%
Қониқарсиз
10%
Жами: 40 овоз берилди.