Bugun, 19 may kuni Oltinsoy tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 44 - sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi o‘rinbosari Azamat Mamatmurodov boshqarib bordi.
Joriy yilning 17 may kuni Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining ikkinchi kunida Oltinsoy tumani “Ipoq” mahallasida saylov ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
“Ipoq” mahallasida saylov boshlanishi oldidan saylovchilar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda saylov tartib-qoidalari xususida ishchi guruh raisi U.Xudoyberdiyev tushunchalar berdi.
Aholini ro‘yxatga olish – O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish hamda yakuniy ma’lumotlarni tarqatish va foydalanishning davriy jarayoni hisoblanadi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvatlash, erkin faoliyat yuritishlarini ta'minlash va tadbirkorlik rivoji yo'lidagi to'siq va g'ovlarni bartaraf etish iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omillaridan biridir.
Shu bois bugun mamlakatimizda taraqqiyot lokomativi, yurt tayanchi bo'lgan siz tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvatlash va faoliyatingizni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish ustivor vazifalardan biri sanaladi.Ayni maqsadda bir qator soliq imtiyozlari ham taqdim etilgan bo'lib, bu yurtimiz ishbilarmonlariga faoliyatlarini rivojlantirish va yanada kengaytirish imkoniyatlarini bermoqda.
Ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi.
Sizlarning e’tiboringizga byudjet xarajatlarining samarali sarflanishida jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror va buyruqlar yuzasidan xisobot bermokchiman.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2022