Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
O‘zbekistonda “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi.
Эълонлар / 2022-09-27

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 8-avgust kuni “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

         O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi  hamda keng jamoatchilikning Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari hamda tuman  oila va xotin-qizlar bo‘limlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi yuridik shaxs bo‘lmagan jamoatchilik tuzilmasi — “Oqila ayollar” harakatini  tashkil etildi.

Harakat va uning boshlang‘ich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar harakat tomonidan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari natijadorligiga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari bo‘yicha tegishlicha qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tavsiyasiga asosan davlat mukofotlari, “Mo‘tabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berilishi mumkin.

 

Oltinsoy tuman Adliya

bo’limi boshlig’i                                                          N.Xoliyorov

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фикрингиз?