Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
RASMIY MUNOSABAT
Эълонлар / 2022-10-03

Joriy      yilning 6-iyun kunida “Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay” kanalida suv bosimining ko‘payganligi sababli “Mirshodi” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan aholi tomorqalari va yashash uylariga zarar yetkazganligi hamda ushbu keltirilgan zarar miqdori to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lgan aholi vakillari tomonidan ZO‘R TVning “Bu kun” dasturida o‘z shikoyatlarini namoyish etishgan.

O‘rganish jarayonida,  joriy yilning 6-iyun kuni kech soat 21:00 lar chamasida Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay kanalining Mirshodi mahallasi hududdidan oqib o‘tuvchi qismida suv bosimining ko‘payib ketishi natijasida ushbu kanalning Mirshodi mahallasi va Mustaqillik-10 yilligi mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘og‘ining yuvilib ketganligi va ushbu uylarda yashovchi 12 nafar fuqaroning tomorqa ekin maydonlari va yashash uy-joylariga ziyon keltirilganligi aniqlangan.

                Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, ushbu fuqarolarning tomorqa ekin yerlari va uy-joylariga keltirilgan zararlar miqdorini aniqlash hamda baholash maqsadida Surxondaryo viloyat Arxitektura va qurilish nazorat inspeksiyasiga  ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlari va ekin maydonlariga yetkazilgan zararlar miqdorini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassis ajratilishida amaliy yordam berish to‘g‘risida xat yo‘llanib, yetkazilgan zararlar miqdori ushbu tashkilot mutaxassislari tomonidan aniqlab chiqilgan.

Shuningdek, “Progress” MChJ ga ushbu fuqarolarning tomorqa ekin yerlari va uy-joylariga keltirilgan zararlar qiymatini baholash maqsadida xat yo‘llanib, baholatib berilgan hamda hokimlik tomonidan baholash hujjatlari tayyorlashda moddiy tomondan amaliy yordam berilganligi va sudga ham davlat boji to‘lab berilgan.

Tuman hokimligi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amaliy yordam berilganligi sababli, Mirshodi mahallasida yashovchi fuqarolar M.Tillaeva, U.Artikova, X.Eshpulatova, S.Aliqulova, O.Xudayorova, A.Qodirov, Sh.Xudayqulov, A.Xudoyqulov, N.Nikalaevna, A.Raxmonov, A.Muxammadiev va X.Ishqurbonovlarning tomorqa ekin maydonlari va yashash uy-joylariga yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplanishi yuzasidan “To‘polang-Qoratog‘ ITB”ga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish hamda yuqoridagi fuqarolarga yetkazilgan zararlarni undirib berish bo‘yicha fuqarolarning o‘zlari tomonidan sudga hujjatlarini taqdim qilgan holda murojaat etishlari mumkinligi to‘g‘risida huquqlari tushuntirilgan.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?