Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
RASMIY MUNOSABAT
Эълонлар / 2023-04-04

Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmogʼi sahifalarida bloger Turdiyev Mirzali tomonidan tumandagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bo‘lib ishlovchi M.Z tarbiyalanuvchi S.M.ni hojatxonaga qamab qo‘yganligi to‘g‘risida videomurojaati tarqaldi.

Mazkur videomurojaati Oltinsoy tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassis xodimlari tomonidan 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga chiqilgan holda o‘rganilib chiqildi.

Unga koʼra, muassasa tarbiyachilari tomonidan tarbiyalanuvchi S.M.ni hojatxonaga qamab qo‘yilganligi to‘g‘risida biron-bir asosli ko‘rsatmalar, ma’lumotlar, dalillar aniqlanmadi.

Murojaatchi Turdiyev Mirzali tomonidan  tarbiyalanuvchi S.M.ni qamab qo‘yganligi ko‘rsatilayotgan muassasaning 2-qavatida joylashgan hojatxona ko‘zdan kechirilganda, hojatxona eshigi qulflanmasligi va yopilmasligi aniqlangan.

 

Maʼlumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.

Yodda tutish kerakki, bu kabi xatti-harakatlar, shu jumladan tuhmat, haqorat uchun fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar oʼrnatilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksga koʼra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʼon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq, agar haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilgandan keyin sodir etilgan boʼlsa — bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha (44 mln 600 ming soʼm) jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?