O‘quv- seminar
Surxonning ulug‘vor tog‘lari bag‘rida joylashgan katta Vaxshivor qishlog‘idan ziyoratchilarning qadami uzilmaydi. Bu go‘shada tasavvuf adabiyotining yirik namoyondasi, ulug‘ alloma So‘fi Olloyor hazratlari mangu qo‘nim topgan.
Bugun, 9 noyabr kuni Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod mahalla markazida respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi, imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida «O‘zbekistonda tasavvuf tarixi va So‘fi Olloyorning tasavvuf ta’limoti» mavzusida respublika miqyosidagi o‘quv -seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullaeva, imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shukurillo Umarov, markazning bo‘lim boshlig‘i, fan doktori Muzaffarxon Joniev, O‘zbekiston jahon tillari universitetidan filologiya fanlari doktori Muhammadxon Abdullaev, filologiya fanlari doktori Abdumurod Arslonov, adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Zoirbek Yallaqaev, imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Karomiddin Jamahmatov, ilmiy xodim Olim Jo‘raev va boshqalar qatnashdilar.
Oltinsoy tumanidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari, adabiyot ixlosmandlari hamda OAV xodimlari taklif etilgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Xo‘jasoatdagi 43-maktab targ‘ibotchisi Zulfiya Mengtosheva olib bordi.