Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
OLTINSOY DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlashda xususiy sektor rivojining ahamiyati katta. Shu bois yurtimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularning erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

         “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi”! Davlat soliq organlarida mazkur  tamoyil asosida ishlarning yo‘lga qo‘yilishi, tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishish, muammolarini o‘rganish va ularga birgalikda yechim topish imkonini bermoqda.

         Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining turli mazmundagi 536 ta muammolari o‘rganilib, ulardan 518 tasi bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi. Jumladan faoliyatini to‘xtatgan 26 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

Ishbilarmonlar safining kengayishida berilayotgan soliq imtiyozlari va yengilliklari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

2022 yilning 3-choragi davomida viloyatimizdagi 86 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 426.0 mln.so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanildi.

         Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil
9 sentabrdagi “Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi PF-218-sonli farmoniga asosan  2022 1 iyuldan e’tiboran foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha soliq qarzdorligini qisqartirish, sud va ijro ishlari tugatilishi belgilab qo‘yildi.

          Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, “Avtokameral” dasturiy mahsuli orqali viloyat miqyosidagi 47 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruvdan oldingi tahlil asosida xabarnomalar yuborildi.

Shundan 24 nafar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan 734,0 mln.so‘m miqdordagi soliq hisobotlaridagi kamchiliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etildi. Natijada tekshirish davomida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 136,2 mln.so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilmasdan, tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida qoldi.

Shuningdek o‘tgan 3 oy mobaynida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning  ortiqcha to‘lovlar hisobidan soliq qarzdorligiga singdirish imkoni bo‘lgan 968 holatda jami 1 268,0 mln.so‘mlik hulosalar tuman g‘aznachilik bo‘limlariga yuborildi. Bundan tashqari, ortiqcha to‘langan hamda undirilgan summalarni hisob raqamiga qaytarish borasida 148 holatda jami 442,0 mln. so‘mlik hulosalar tuman g‘aznachilik bo‘limlariga yuborildi.

III chorak davomida soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan ortiqcha to‘lovlar hisob-kitob qilinib, ushbu mablag‘larni boshqa soliq turlaridan mavjud soliq qarzdorligini bartaraf etishga yo‘naltirish yuzasidan
1 896 holatda jami 3 mlrd. 27 mln. so‘mlik xulosalar tuman g‘aznachilik bo‘limlariga yuborildi. Shuningdek, ortiqcha to‘langan summalarni hisob raqamiga qaytarish borasida 276 holatda jami 726 mln. so‘mlik xulosalar ham tuman g‘aznachilik bo‘limlariga yuborildi.

Eng muhimi, tumanimizda soliq to‘lovchilar tomonidan 3 chorak davomida 15 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 892 mln.so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 11 076,1 mln.so‘mi, ya’ni 71,8 foizi yuridik shaxslar, 4 351,9 mln.so‘mmi yoki 28,2 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, joriy yil uchun tumanimizdagi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk ob’ektlariga 21 mlrd so‘m soliq hisoblangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 12 mlrd so‘mi soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lab berildi.

Soliqlar davlat g‘aznasining asosiy manbaidir. Yurtimiz istiqboli, vatandoshlarimizning farovon turmushi, mudofaa qudrati, ta’lim va tibbiyot taraqqiyoti bevosita sizu biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liqdir. Shu bois soliqlarni to‘lab, ezgu va xayrli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

 

Ravshan Boymirzaev,

Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?
Ha!
1%
Yo'q!
1%
Nima ekan "OpenByudjet"???
100%
Жами: 710 овоз берилди.