Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ravshan Boymirzaevning noyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti

      Joriy yilning noyabr oyida Oltinsoy tumanni soliq to‘lovchilari tomonidan jami 5 297,6 mln so‘m soliq to‘lanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 851,6 mln so‘m  yoki 119,1 foizga o‘sishga erishildi.

 

Jumladan:

-jismoniy shaxslar yer solig‘idan 620,9  mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,4 mln so‘mga yoki 122,3 foizga;

-AOSdan 476,9 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 268,8 mln so‘mga yoki 229,1 foizga;

-JShODSdan 3 303,4 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 005,7 mln so‘mga yoki 143,7 foizga o‘sishga erishildi.

 

      Xabaringiz bor Prezidentimizning «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish va zamonaviy yondashuvlar asosida mehnat resurslari balansini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq 2022-yil 1-noyabrdan boshlab 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi va noyabr  oyining o‘zida 388 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

 

      Noyabr oyida 27 nafar jismoniy shaxslar YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini boshladilar. Shuningdek, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan hamda tadbirkorlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan 13 nafar YaTTlar qayta davlat ro‘yhatidan o‘tdilar.

 

      “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam ko‘rsatilib, 496 ta muammolar ijobiy hal etildi.

 

Jumladan:

- 148 nafar tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda;

-348 nafar tadbirkorlarga Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartibini o‘rgatishga ko‘maklashildi.

 

      Noyabr oyida 18 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomalari tuzilib, joriy yilning 11 oyi davomida tuzilgan jami ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 180 taga yetdi. 

 

      Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari natijasida 466 ta korxonada norasmiy ishlayotgan jami 748 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

 

Jumladan:

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi 162 nafar:

- savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlaridagi 84 nafar:

- qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan 502 nafar:

     

      Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliqlar davlat g‘aznasining asosiy manbaidir. Yurtimiz istiqboli, vatandoshlarimizning farovon turmushi, mudofaa qudrati, ta’lim va tibbiyot taraqqiyoti bevosita sizu biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liqdir. Shu bois soliqlarni to‘lab, ezgu va xayrli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

 

Ravshan Boymirzaev ,

Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
6 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фикрингиз?
Aъло
100%
Яхши
19%
Қониқарли
0%
Қониқарсиз
11%
Жами: 35 овоз берилди.