Joriy yilda Oltinsoy tumani soliq to‘lovchilari tomonidan jami 61 297,3 mln so‘m soliq to‘lanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 993,2 mln so‘m yoki 124,3 foizga o‘sishga erishildi.
2022 yil byudjet pragnoz (kantingent) rejasi 55 405,0 mln.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 61 297,3 mln.so‘mga bajarilib yillik reja 5 892,3 mln.so‘m ortig‘I bilan bajarildi.
Jumladan:
- jismoniy shaxslar yer solig‘idan 9 557,5 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 005,6 mln so‘mga yoki 145,8 foizga;
- jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan 3 238,2 mln.so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 395,9 mln.so‘mga yoki 113,9 foizga;
-AOSdan 5 189,1 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 395,2 mln so‘mga yoki 185,7 foizga;
-JShODSdan 28 911,9 mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 206,0 mln so‘mga yoki 127,3 foizga o‘sishga erishildi.
Xabaringiz bor Prezidentimizning «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish va zamonaviy yondashuvlar asosida mehnat resurslari balansini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq 2022-yil 1-noyabrdan boshlab 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi va noyabr-dekabr oylarida 582 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
Joriy yilda 227 nafar jismoniy shaxslar YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini boshladilar. Shuningdek, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan hamda tadbirkorlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan 114 nafar YaTTlar qayta davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi.
“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam ko‘rsatilib, 1 496 ta muammolar ijobiy hal etildi.
Jumladan:
- 328 nafar tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda;
-1 168 nafar tadbirkorlarga Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartibini o‘rgatishga ko‘maklashildi.
Joriy yilda 196 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomalari tuzilildi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari natijasida 946 ta korxonada norasmiy ishlayotgan jami 978 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.
Jumladan:
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi 184 nafar:
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlaridagi 96 nafar:
- qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan 698 nafar:
Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliqlar davlat g‘aznasining asosiy manbaidir. Yurtimiz istiqboli, vatandoshlarimizning farovon turmushi, mudofaa qudrati, ta’lim va tibbiyot taraqqiyoti bevosita sizu biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liqdir. Shu bois soliqlarni to‘lab, ezgu va xayrli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik.
Ravshan Boymirzaev ,
Oltinsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024