Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Jinoyatchilikning oldini olishga har birimiz ma’sulmiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning raisligida jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qonun ustuvorligini ta’minlash va jinoyatchilikni jilovlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, sohani takomillashtirishga oid 80 dan ortiq qonun hujjati qabul qilingani, Ichki ishlar idoralari tuzilmasi to‘liq yangilangani, ilgari barcha xodimlarning 60 foizi shahar va tuman boshqarmalarida, 40 foizi joylarda faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda xodimlarning 65 foizi aholiga yaqin ishlash uchun mahallalarga yo‘naltirilgani, buning natijasida yildan yilga jinoyatlarning sodir etilish darajasi kamayib borayotgani, lekin qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarining soni yuqoriligicha qolgani ta’kidlandi.

“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi. Afsuski, jinoyatchilikka qarshi kurashishda haligacha eskicha ishlash tizimidan voz kecha olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu faoliyatga ko‘rsatkichlarni oldingi davr bilan taqqoslash orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bo‘lsa ham jinoyat bo‘lgani hammamizni tashvishga solishi kerak”, dedi Shavkat Miromonovich.

Demak, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning balki oila, mahallla, maktab va boshqa jamoat birlashmalarining ham birdek vazifasi xisoblanadi.

Aytaylik oilada, mahallada va maktabda bola tarbiyasiga nisbatan bo‘lgan bugungi befarqlik kelgusida davlatning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Axir kelajak yoshlar qo‘lida degan ibora bejizga aytilmagan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarining birida:

Ota farzandiga beradigan narsalarning ichida eng afzali go‘zal odobdir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoev xam tarbiya borasida “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda” deb fikr bildirganlar.

Albatta, ayni kundagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda ham yuqoridagi uchlikning o‘rni juda katta ammo ularning asosiy vazifasi kelajak avlodni “xalollik vaksinasi” bilan tarbiyalashdan iboratdir. Zero bolaligidan xalol va xaromning farqini anglab, birovga ozor berish gunoh ekanligini ongiga singdirib tarbiyalangan inson jamiyatda mavjud bo‘lgan qonunlarga ularni buzganligi uchun beriladigan jazodan qo‘rqqani uchun emas, ushbu qonunlarni hurmat qilganligi va vijdoni amr etganligi uchun amal qiladi. Aynan shu narsa huquq olamida “huquqiy madaniyat” deb ataladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz lozimki jamiyatda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishga har birimiz ma’sulmiz.!

  

Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari

bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining

devonxona mudiri

O‘.Xudoyberdiyev.

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 4 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сўров ўтказиш
Сайт ҳақида фикрингиз?