Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bosqichlari

    Birinchi bosqichda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi.Ro‘yxatga olish tadbiri dasturi, uni o‘tkazish, natijalarini olish va e’lon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi.Har bir ro‘yxatga oluvchilarni o‘z hududi bo‘yicha xaritalar bilan ta’minlanadi.Har bir xonadon raqamlanishi va ko‘chalar nomlanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.Chunki, ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita mas’ul bo‘ladilar va shakllantirilgan ma’lumotlar haqqoniy bo‘lishi shart. Bu jarayonga voyaga yetgan yoshdagi va muomala layoqatiga ega bo‘lgan shaxslar jalb etiladi. Birinchi navbatda, Prezident huzuridagi statistika agentligi va uning hududiyorganlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa toifadagi shaxslar mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin.

Tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

      Ikkinchi bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi.

        Uchinchi bosqichda esa aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini e’lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

 

Oltinsoy tuman Statistika bo‘limi boshlig‘i:                     O.Xasanov

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 14 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сўров ўтказиш
Сайт ҳақида фикрингиз?