ShU O‘RINDA SAVOL TUG‘ILIShI MUMKIN, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNLARI RASMIY E’LON QILINADIGAN MANBALARGA NIMALAR KIRADI?
Qonunchilikka muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
ShUNINGDEK, NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI E’LON QILIShGA DOIR TALABLARGA QUYIDAGILAR KIRADI:
QAYSI DAVLAT ORGANI HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISh VA UNDAN FOYDALANIShNI TA’MINLASh SOHASIDA VAKOLATLI HISOBLANADI?
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30-moddasining ikkinchi qismi bir jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilaydi. Ushbu qoidaning qonunda mustahkamlanganligi odillik prinsipining shartlaridan biridir. Ushbu norma orqali jinoiy javobgarlikning odilona bo‘lishi ta’kidlangan. Bu o‘rinda bir jinoyat uchun bir marta javobgarlikka tortish mezon bo‘lib xizmat qiladi. Bunda jinoyat sodir etgan shaxsning holati, ilgari jinoiy javobgarlikka tortilganligi, uning sudlanganligi yoki oqlanganligi ahamiyatga ega emas. Ushbu va boshqa holatlarda uning mazkur qilmishi uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYaSINING 31-MODDASI
Mazkur moddaning 1-qismi bilan belgilangan normaga ko‘ra, Inson boshqa mavjudotlardan sha’ni, qadr-qimmatiga, obro‘yiga egaligi bilan farq qiladi. Qadr-qimmati qadrlangandagina u o‘zining hayotini munosib qura oladi. Shuning uchun insonning sha’ni, obro‘si himoya qilinadi. Har bir kishi o‘z hayotini o‘zi xohlagancha tashkil qiladi. Bunda u boshqalarga zarar yetkazmasligi, qonun-qoidalar asosida yashashi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi zarur. Insonlarning sha’ni, obro‘siga zarar keltiruvchi har qanday harakat taqiqlanadi. Biror-bir harakat natijasida insonning sha’ni, obro‘siga zarar yetsa, unga tegishli choralar ko‘riladi.
Shuningdek 31-moddaning navbatdagi normalari bilan har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi, har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.
Keyingi yillarda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalari rivojlangani sari axborot va ma’lumotlarni uzatish, tarqatish jarayonlari osonlashdi va xalq ichida ommaviylashdi. Hozirgi kunda 30 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz mobil aloqadan foydalanmoqdalar.
Bugun ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida shaxsning shaxsiy va oilaviy siriga oid ma’lumotlari, ming afsuski, uning roziligisiz olinishi, tarqatilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Natijada ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z shaxsiy hayotiga, shaxsiga oid ma’lumotlarning tarqalishiga oid huquqbuzarlikdan jabr ko‘rmoqdalar.
Bunday sharoitda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, yozishmalari va biometrik ma’lumotlarini saqlash va tarqatilishida tashqi ta’sirlardan himoya zarurati yuzaga kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan Konstitutsiyada daxlsizlik huquqi sifatida shaxsiy, oilaviy sir va ma’lumotlarning noqonuniy to‘planishi va tarqalib ketishi cheklanishi muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur modda 4-qismining ahamiyati shundaki, bir necha yillardan buyon jamiyatimizda “snos” bilan bog‘liq muammo dolzarblik kasb etayotgandi. Bunga oqilona yechim sifatida hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi hamda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi orqali ta’minlanishi ham mustahkamlandi.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat
ishlari bo‘yicha Oltinsoy
tuman sudining raisi
T.Abdullayev
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2025