Bugun 6 sentabr kuni tumanimizdagi barcha umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Joylarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Tumanimizdagi 6-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A Djumayev ham ishtirok etdi. Tuman hokimi so‘zga chiqib, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarni tabrikladi.
Bu yil maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan jajji bolajonlarga sektor rahbarlari tomonidan, 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Batafsil oltinsoy.uz da
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024