ILMIY-AMALIY SEMENAR O‘TKAZILDI
Bugun Oltinsoy tumani hokimligi binosida Germaniyaning Iqtisodiy Hamkorlik Rivojlanish Vazirligi (BMZ) va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamkorligidagi “O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” asosida
O‘zbekistonda “Kooperatsiyalarni rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy semenari o‘tkazildi.
Semenar ishida tumandagi bog‘dorchilik fermerlari, mutaxassislar hamda qiziquvchi aholi vakillari ishtirok etishdi
Loyiha asosida mintaqamizda tashkil etilishi mumkin bo‘lgan loyihaning texnik assistenti Komoljon Xudayberdiev tomonidan ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligi, turizm, AKT, tekstil sanoati, sohalarida ishchi o‘rinlar yaratilishi, Mahsulotlar, jarayonlar va bozor bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsiyalarni joriy etish, Xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash, Xizmat ko‘rsatuvchilarning saloxiyatini kuchaytirish, Yangi xizmatlarni joriy etish, Kooperativlarga biznes-modellarni ishlab chiqishda ko‘maklashish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024