Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
MUROJAATCHILAR MAMNUN BO‘LISHDI

MUROJAATCHILAR MAMNUN BO‘LISHDI

Bugun, 9 noyabr kuni Oltinsoy tumani hokimi Alisher Djumaev tumanning “Bibizaynab” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida  sayyor qabul o‘tkazdi. Hokimning sayyor qabulida tumandagi korxona va tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

 

Unda mahallada yashovchi fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar xususida murojaat qildilar. Dastlab murojaat qilgan fuqaro Eshmamat Ro‘ziev 300 metr masofaga ichimlik suvi quvurini yotqizish uchun qazish ishlarini amalga oshirishda texnikadan yordam berishni so‘radi. Ushbu masala shu yerning o‘zida mahalla dagi hokim yordamchisi ishtirokida hal bo‘lishi ta’minlandi.  Sohibjamol Melimurodova foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan eski ambulatoriyani ta’mirlab, Qishloq oilaviy poliklinikasi ochib berishlari masalasida, qishloqning “Tegirmon” ko‘chasiga ichimlik suvi tortishda ko‘mak berishni iltimos qildi.

 

Shu mahallalik Matluba Daminova turmush o‘rtog‘ini operatsiya qilishda moddiy yordam, fuqaro Muborak Rahimova qizining sog‘ligini tiklashda tuman Pensiya jamg‘armasiga bergan arizasi bir yildan buyon e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligi xususida, Feruza To‘raeva “Mirishkor” qishlog‘ining Navro‘z ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlari eskirib qolganligi, yarmiga yangi stolbalar o‘rnatilib, yarmi chala qolganligi haqida murojaat qilishdi.

 

 “Bibizaynab” mahallasida yashovchilar Iskandar Shukurov, Dilshoda Hamzaevalar dori-darmon olishda, Otabek Otaxonov qishloqning “Zaytun” ko‘chasiga ichimlik suvi tortish masalalarida murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida tushgan murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Jumladan, fuqaro Hosila Mengnorova tuman hokimiga oldingi murojaatlariga amaliy yordam berganligi uchun chuqur minnatdorlik izhor qildi. 

  Qabulda talaba krediti, pensiya masalasidagi murojaatlarning bir necha kunda hal bo‘lishi ta’kidlab o‘tilib, mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

   Normurod TEMIROV,

Odiljon SODIQOV.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фикрингиз?
Aъло
100%
Яхши
19%
Қониқарли
0%
Қониқарсиз
10%
Жами: 40 овоз берилди.