O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart sanasidagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5040-sonli Qarorining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida zamonaviy ko‘rinishdagi “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” o‘z faoliyatini boshladi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi B.Maxmatrayemov barcha yig‘ilganlarni bugungi quvonchli kun bilan muborakbod etib, nuroniylar ishtirokida alvon tasmani kesdilar. Shundan so‘ng bu yerdagi yaratilgan sharoitlar va to‘garak ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu maskanda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi uchun xizmat xonalari, kutubxona, majlislar zali, mavjud bo‘lib, barcha qulayliklarga ega.
Aytish kerakki, Ma'naviyat va ma'rifat maskani endilikda hududning ijtimoiy-ma'naviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari xususan, yoshlar o‘rtasida, milliy g‘urur, milliy iftixor va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishda va ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini doimiy muvofiqlashtirishda o‘ziga xos ziyo maskani bo‘lib xizmat qiladi.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024