Turizm faoliyati sub’ektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Oltinsoy tumani Xo‘jaipok mahallasidagi 23 ta xonadonlarning mehmonxona-uylarga aylantirilishi xolati o‘rganildi. Xonadon egalariga ularga qo‘yiladigan talablar, imtiyozlar va shart-sharoitlar bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan tushintirish hamda targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024