Tumanning markazida 4-sektor hududida joylashgan manzilda zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega «Iste’molchilar uyi» ma’muriy majmuasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida viloyat hokim T A Bobolov, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi raisi J Sarimsoqovr va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishib, yangi binoni ochib berishdi. So‘zga chiqqanlar ushbu bino oltinsoylik iste’molchilarning yana bir ishonchi oqlaydigan, suyanishi mumkin bo‘lgan tashkilotiga aylanishiga tilak bildirdilar.
Binodagi «Iste’molchi kutubxonasi» fondidan to‘rt mingdan kitoblar mavjud. Bundan tashqari kutubxona o‘zbek va boshqa tillarda bitilgan 50 ming dona elektron kitob fondiga ham ega.
Iste’molchilarning murojaat va arizalari ham shu yerning o‘zida qabul qilinadi.
Batafsil: oltinsoy.uzda
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024