Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida kelgusi yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilishi kutilayotgan natijalar haqida

Prezidentimiz tomonidan 2023 yilning 11-sentyabr kuni “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarori qabul qilindi. Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, «xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi ustuvor yo‘nalishlar mazkur qarorda o‘z aksini topgan. Shuningdek kelajakda respublikamizda amalga oshirilayotgan “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi, ya’ni “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish doirasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari axborot xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash, bunda axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish orqali axborot xavfsizligini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish va ortiqcha sansolarliklarga barham berish maqsadida 2024 yil 1-yanvardan boshlab avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish,  2024 yil 1 martdan boshlab notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida ushbu xizmatdan foydalanadigan fuqarolarimiz uchun juda ham qulayliklar yaratib, ularning respublikamizga kelib-ketishlaridagi ortiqcha vaqt va mablaglarini tejashga olib keladi.

Respublikamizdagi yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ular orasida ishsizlik darajasining kamaytirilishi yuzasidan yangidan tashkil etilishi ko‘tilayotgan “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida” 100 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 1000 taga yetkazish, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish orqali davlat idoralari rahbarlariga onlayn tarzda shaxsan murojaat qilish tizimi va har bir mahalladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish, nikohdan o‘tayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rik natijalarini tibbiyo muassasalari tomonidan “FHDYoning yagona arxivi” elektron tizimi real vaqt rejimida joylashtirish, davlat xizmatlari va notarius xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarning ortiqcha sansolarligini oldini olish maqsadida, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilishda ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish ko‘zda tutilgan.  

            Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatish, elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizga yetkazish, faqat yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizga yetkazish, davlat xizmatlari ko‘rsatishda kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 40 tagacha oshirish, kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish, litsenziya va ruxsat berish xujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish, 50 foizini soddalashtirish hamda 300 taga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatishda ularning tartib-taomillarini soddalashtirish belgilangan.

       Bundan tashqari, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun ularga mamlakatimizda  uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olish, ta’lim, tibbiyot va boshqa davlat xizmatlaridan teng huquqlilik asosida foydalanish imkonini beradigan «Vatandosh guvohnomasi»ni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash nazarda tutilgan.

       “O‘zbekiston-2030” strategiyasida xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshlarimizga ham qulay sharoitlar yaratish borasida yangiliklar ham o‘rin olgan. Hech kimga sir emaski xorijda mehnat migrantlari sifatida ishlab yurgan yurtdoshlarimizga ayrim davlat xizmatlaridan foydalanish uchun, ularning yaqin qarindoshlari qo‘shimcha xujjatlar, ya’ni notarial tasdiqlangan ishonchnomalar taqdim etish talab etilar edi. Bu esa o‘z-o‘zidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ortiqcha vaqt va mablag‘larini sarflashiga to‘g‘ri kelar edi. Shu kabi holatlarning oldini olish, xorijiy mamlakatlarda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan mehnat migrantlariga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish, dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash ham o‘rin olgan. Mazkur qaror loyihasida qo‘yidagilarga alohida e’tibor qaratish, ya’ni xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimini yo‘lga qo‘yish, xorijdagi fuqarolarning barcha masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar, Tashqi ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Ichki ishlar vazirliklarida tunu kun ishlaydigan «koll-markazlar»ni tashkil etish, og‘ir ahvolga tushib qolgan barcha fuqarolarga xorijiy davlatning o‘zida moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, chet eldagi fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularning narxlarini ichki tariflarga tenglashtirish, doimiy konsullik hisobida turish badalini bekor qilish va hisobda turish shartlarini soddalashtirish nazarda tutilgan.

       “O‘zbekiston-2030” strategiyasi kelgusi yetti yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berilgan. Unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsadni amalga oshirish nazarda tutilgan.         

 

 

Oltinsoy tumani Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i I.Ibragimov, bosh mutaxassis Ch.Ishbayev

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?