Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
OLTINSOY TUMAN HOKIMI ALISHER DJUMAEVNING 1 OKTABR - O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAYRAM TABRIGI
Тадбирлар / 2022-09-30

Assalomu alaykum, muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalambor barchalaringizni 1 oktabr — «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.

Ulug‘ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hazratlari, «Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, aylamak bo‘lmas ado oning haqin ming ganj ila», deganlarida Siz kabi fidoyi, el-yurt manfaati deb butun kuch va g‘ayratini ayamayotgan, mehnatsevar, samimiy va kamtar ustozlarning sermashaqqat va sharafli mehnatingizni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.  

Muhtaram Prezidentimizning «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi» degan purhikmat so‘zlari barchamizga yaxshi tanish.Haqiqatan ham  yurtimizda poydevori tashlangan Uchinchi Renessansning ham asosiy bunyodkorlari bilimli va barkamol yoshlardir.

Bunday  ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirishda esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularda sog‘lom tafakkurni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa yoshlarda istiqlol g‘oyasiga sadoqat va hurmat, Vatanga muhabbat tuyg‘usini qaror toptirishning asosi sanaladi.     

O‘quvchi yoshlarda o‘z-o‘zini anglash, iqtidorini rivojlantirish, milliy g‘urur, milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning asosiy vazifasiga aylanib bormoqda. Bunday zalvorli ishda Siz aziz o‘qituvchilarning  tajribangizga suyanamiz.

Bugungi kunda tumanimizda o‘qituvchilikdek  sharafli vazifani vijdonan ado etib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Barchamiz  ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda kamarbasta bo‘lib mehnat qilayotgan barcha ustozlarimizga ko‘p ming sonli tuman aholisi nomidan  samimiy minnatdorchilik  bildiramaan.

Aziz ustozlar, murabbiylar!

Siz qadri baland tumanimiz ta’lim sohasi fidoyilarini, barcha ustoz va murabbiylarni «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga sermazmun umr, sog‘lik va omonlik tilayman. Yosh avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishdek muqaddas va sharafli ishlaringizda omadlar yor bo‘lsin.

 

  Bayramingiz muborak bo‘lsin,aziz ustozlar!

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?