Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
EL DASTURXONI TO‘KINLIGI YO‘LIDA
Тадбирлар / 2022-11-04

EL DASTURXONI TO‘KINLIGI YO‘LIDA

Matbuot anjumani

 

Shu kuni Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari O‘rol Abdurasulovning tashabbusi bilan “Oltinsoy tumanida hokim yordamchilari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ajratilayotgan 10 sotixdan yer berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Oltinsoy tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhom Babakulov va tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Tirkashevlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda jurnalistlar, jamoatchilik vakillari va qiziqish bildirgan faol fuqarolar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Babakulov hokim yordamchilari tomonidan nisbatan qisqa fursatda amalga oshirilgan salmoqli ishlar, fuqarolarning bandligi ta’minlanganligi, bu borada banklar tomonidan ajratilgan kreditlar va yilning shu davriga qadar erishilgan ijobiy natijalardan jamoatchilikni xabardor qildi.

Oltinsoy tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Tirkashev esa joriy yilda tumanda yetishtirilgan mo‘l-ko‘l xirmonda yangi tuzilgan dehqon xo‘jaliklari egalarining salmoqli ulushi, sohada suvni tejab ishlatish texnologiyalarining qo‘llanilishi, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida shu kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar borasida axborot berdi.

 

Matbuot anjumani qatnashchilaridan jurnalistlar Normurod Temirov, Abdug‘affor Odinaev, To‘ramurod Rahmonov, viloyat kengashi deputati Ashurali Oripov va boshqalar mavzuga aloqador savollar berishdi.

Berilgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
5 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?