Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
MEHNAT KODEKSINING MAZMUN- MOHIYATIGA BAG‘ISHLANDI
Тадбирлар / 2022-11-09

MEHNAT KODEKSINING MAZMUN- MOHIYATIGA BAG‘ISHLANDI

 

Bugun, 9 noyabr kuni Oltinsoy tuman hokimligi majlislar zalida 2022 yil 28 oktyabrdagi tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Saydulla Abdurayimov hamda tumandagi barcha idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollar ishtirok etdi.

 

Seminarni Oltinsoy tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Qosimov boshqarib bordi.

 

Seminarda dastlab so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Saydulla Abdurayimov o‘zgartirish kiritilgan Mehnat Kodeksi xususida ma’ruza qildi. Oltinsoy tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat, mehnat, huquq inspektori Odil Karimov o‘zgartish kiritilgan Mehnat kodeksidagi yangiliklar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

 

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Ashurali Oripov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Oltinsoy tuman bo‘linmasi raisi Akbarali Jumaevlar so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekistonning Mehnat kodeksini barcha rahbarlar va xodimlar bo‘limi boshliqlari mukammal bilishlari zarurligini ta’kidlashdi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?