Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
G‘OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
Тадбирлар / 2022-11-13

G‘OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

“Yangi nafas” yugurish musobaqasi

Kecha, 13 noyabr kuni Oltinsoy tumanida O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun oldidan «Yangi nafas» yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Tumandagi “Qoratepa” va “Bo‘ston” mahallalarini bir biriga bog‘lovchi zamonaviy yo‘lda o‘tkazilgan ushbu qiziqarli sport musobaqasida tumandagi turli mahallalardan sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar ishtirok etdilar.

 

«Yangi nafas» yugurish musobaqasida yo‘l-patrul xizmati va tibbiyot xodimlari ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi borasidagi zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rib, tashkilotchilarga yaqindan ko‘mak berdilar.

 

Start chizig‘idan finishgacha bo‘lgan masofada yugurayotgan yoshlarga kuzatuvchilar, tengdoshlari va jamoatchilik vakillari omad tilab turishdi.

 

«Yangi nafas» yugurish musobaqasi nihoyasiga yetib, barcha ishtirokchilar birin-ketin marraga yetib kelgach, musobaqa hakamlari tomonidan g‘oliblar e’lon qilindi.

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasida finalga birinchi bo‘lib yetib kelgan Ehson Majidovga — 400 ming so‘m pul mukofoti, ikkinchi o‘rin egasi bo‘lgan Nuriddin Bobonazarovga — 300 ming so‘m, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Murodulla Haydarovga esa — 200 ming so‘m pul mukofoti berildi. 

 

Xuddi shunday pul mukofotlari qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Sabina Alimardonova, Marjona Nurmuhammedova hamda Dildora Boborahmatovlarga ham tadbir tashkilotchilari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Qiziqarli o‘tgan tadbirda Oltinsoy tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xayrulla Qosimov, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi raisi Asliddin Xurramov, tumandagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiylari faol qatnashib, tadbirni namunali tarzda o‘tkazishga bosh-qosh bo‘ldilar.

Sog‘ tanda, sog‘lom aql, deydi xalqimiz. Yugurish musobaqasi barchaga manzur bo‘ldi.

Abdug‘affor ODINAEV,

Odiljon SODIQOV.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?