Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
QIShGA PUXTA HOZIRLIK KO‘RILDI
Тадбирлар / 2022-11-11

 

Bugun, 11 noyabr kuni Oltinsoy tuman hokimligida “Oltinsoy tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida brifing o‘tkazildi. Unda jurnalistlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

 

Brifingda Oltinsoy tuman hokimi o‘rinbosari Murod Abdullaev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirdi.

 

— Tumanda qish mavsumini o‘tkazish uchun jami 5035,8 tonna ko‘mir va briket yoqilg‘isi bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1800 tonna ko‘mir aholi uchun ajratilgan, — dedi M.Abdullaev o‘z nutqida. — Shu kungacha tuman tibbiyot maskanlariga 412 tonna, xalq ta’limi muassasalariga 1733 tonna, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 265,8 tonna ko‘mir olib kelindi. Kuz-qish mavsumida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida ham zaruriy chora tadbirlar ko‘rilgan. Bir so‘z bilan aytganda, tumanimizda qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rildi.

Brifingda ko‘tarilgan mavzu yuzasidan jurnalistlar N.Temirov va A.Odinaevlar tomonidan berilgan savollarga M.Abdullaev tegishli javob qaytardi.

Odiljon SODIQOV.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?