Sessiyada “Xalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga asosan ajratilgan va ishlatilmay qolgan mablag‘ni tuman mahalliy byudjetiga qaytarib olish va ajratish to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari tuman Kengashining joriy yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratilgan va ishlatilmay qolgan mablag‘ni tuman mahalliy byudjetiga qaytarib olish va ajratish to‘g‘risida”gi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Ma’ruzalar yuzasidan muzokaraga chiqqan deputatlar M.Qarshiev, H.Tovasharov, Yu.Qurbonniyozov, J.Jabborov, Yu.Hakimov, I.Bozorov va M.Xo‘janovlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
© Oltinsoy tumani hokimligi veb-saytlari 2025