Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Oltinsoy tumani hokimligi
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 44 - sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Babakulov tuman hokimi A.Djumayevning “Tumanda 2022 yil davomida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshiriladigan ishlar,” “2022 yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng tumandagi sektor rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 1 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi haqidagi 18-sonli yig‘ilish bayonining 33-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumanda xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining 44 -sessiyasida sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm,investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha, Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarda komissiya a’zolari ko‘rib chiqqan o‘nga yaqin masalalar ham deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
OpenByudjet loyihasida ishtirok etyapsizmi?